Enrike: «Yevroda Ispaniyadan kuchliroq jamoani ko‘rmayapman»
Juma, 02 Iyul
2819

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Yevro-2020 1/4 finalidan o‘rin olgan Shveysariyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

«Haqiqat shuki, Shveysariya chorakfinalda. Qolgani ahamiyatsiz. Bir-birimizni Millatlar Ligasidagi o‘yinlar orqali juda yaxshi taniymiz. 

Og‘ir o‘yin kutmoqda. Raqib yaxshi himoyalanadi va hujum qiladi. 

Yevroda Ispaniyadan kuchliroq jamoa? Bunday jamoani ko‘rmadim.

Himoyamizni tanqid qilishmoqda. Ammo biz ushbu musobaqadagi eng yaxshi himoyaga ega jamoalardan birimiz. Bunga shubha bo‘lishi mumkin emas. Statistikani o‘rganing. To‘g‘ri, Xorvatiya bilan o‘yinda individual xatolar bo‘ldi. Bu borada ishladik», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar