O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston milliy jamoasi ham kambek qilishni biladi. 7 daqiqa ichida mag‘lubiyat g‘alabaga aylangan o‘yindan fotoreportaj
Dushanba, 28 Iyun
3624

O‘zbekiston futzal milliy  jamoasi Toshkentda Venesuelaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida irodali g‘alabaga erishdi. O‘yin yakuniga 10 daqiqa qolganida 0:2 hisobida yutqazayotgan Bahodir Ahmedov jamoasi 7 daqiqa ichida Davron Choriyevning dubli va Ilhom Hamroyevning goli evaziga kambek qildi. Venesuelaning gollari Karlos Vento hisobiga yozildi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi nazorat o‘yinida 3:3 hisobi qayd etilgan va unda mehmonlar iroda ko‘rsatishgandi. 

Quyida emotsiyalarga boy o‘yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 


Muhiddin Qurbonov olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar