O'zbek Ўзбекча
O‘zbekiston 3 marta hisobda oldinda bordi, Venesuela kambek qildi. JCH ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan fotoreportaj
Juma, 25 Iyun
1698

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. 

Bellashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. O‘zbekiston o‘yin davomida 3 marta hisobda oldinga chiqib oldi, Venesuela esa doim hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Vakillarimizdan Akbar Usmonov chiroyli goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Dilshod Rahmatov dublga erishdi va gollarini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi. 

Ikki bo‘lim bir-biridan farq qildi. Birinchi bo‘limda O‘zbekiston milliy jamoasi hujumor va ochik o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim ehtiyotkorlik va Rustam Umarovning seyvlari bilan yodda qoldi. 

Jamoalar 27 iyun kuni ikkinchi nazorat bahsini o‘tkazishadi.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni arenadan turib kuzatdi va quyida jangovar bahsdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Muhiddin Qurbonov olgan suratlar

Teglar

O'xshash yangiliklar