O'zbek Ўзбекча
Luis Enrike: «Ko‘proq ustunlikni kutgandim. O‘yinni tezroq tahlil qilishni istayman»
Yakshanba, 20 Iyun
1651

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Yevro-2020 2-turidan o‘rin olgan Polshaga (1:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. 

«O‘yinni iloji boricha tezroq ko‘rib chiqishni va barchasini tahlil qilishni xohlayman. Raqibdan ustunlik qilgandirmiz, ammo bu g‘alaba uchun yetarli emas. 

Menga Polsha yoqdi. Ular ko‘p imkoniyatlar yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. G‘alaba uchun juda ko‘p harakat qildik, ammo yaqqol vaziyatlar yaratmadik. Afsuski, penaltidan foydalana olmadik. 

Ko‘proq ustunlikni kutgan edim, ammo bunga erisha olmadik. So‘nggi turda g‘alaba qozonsak, bugungi durang ham yetarli bo‘lishi mumkin. Shunda 1-o‘rinda bo‘lishimiz ham mumkin. Hech kim oson bo‘ladi deb aytmagandi», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi AS.

Teglar

O'xshash yangiliklar