O'zbek Ўзбекча
UEFA Ukraina milliy jamoasi libosidagi shior olib tashlanishini talab qildi
Payshanba, 10 Iyun
6744

UEFAning fikricha, libosdagi "Slava Ukraine!" shiori siyosiy emas. Ammo "Geroyam slava!" shiori olib tashlanishi shart, chunki u birinchi shior bilan birgalikda siyosiy tus kasb etadi.

UEFA futbol bo‘yicha Ukraina milliy jamoasining Yevro-2020 musobaqasi uchun mo‘ljallangan libosidan "Geroyam slava!" yozuvi olib tashlanishini talab qildi.  

Qayd etilishicha, libosdagi Ukraina xaritasi tashkilot qoidalariga zid emas, chunki BMT ushbu davlatning mazkur chegaralarini tan oladi.

"Slava Ukraine!" shiori ham siyosiy emas.

Ammo "Geroyam slava!" shiori olib tashlanishi shart, chunki u birinchi shior bilan birgalikda siyosiy tus kasb etadi.

Avvalroq Rossiyadagilar Ukraina milliy jamoasining libosidagi yozuvlar siyosiy shior ekanligidan norozilik bildirgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar