O'zbek Ўзбекча
«MYU» Sancho bilan 2026 yilga qadar kelishuvga erishdi 
Payshanba, 10 Iyun
7600

Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Manchester klubi 21 yoshli o‘yinchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kelishuv 2026 yilga qadar imzolanishi kutilmoqda.

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, «MYU» «Borussiya» bilan muzokarani boshlagan. Qayd etilishicha, nemis klubi angliyalik hujumkor yarimhimoyachi uchun 95 million yevro so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, Sancho Bundesliga yakunlangan mavsumida 26 o‘yinda 8ta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar