O'zbek Ўзбекча
Manba: Veynaldum «PSJ»ga o‘tadi. Fransiya klubi «Barsa»dan ko‘proq maosh taklif qildi
Yakshanba, 06 Iyun
3743

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum «Barcyelona»ga o‘tish fikridan qaytdi, deya xabar bermoqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano.

Manbaning yozishicha, niderlandiyalik yarimhimoyachi uchun kurashga qo‘shilgan «PSJ» «Barselona»dan ikki barobar ko‘proq maosh taklif qilgach, Veynaldum erkin agent sifatida Parij klubiga o‘tishga qaror qilgan. Tomonlar 2024 yilga qadar belgilangan shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. 

Qayd etilishicha, parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning Jorjinoga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgani ham futbolchining qaroriga ta’sir qilgan. Kataloniya klubi moliyaviy holati sababli navbatdagi taklifni yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Veynaldum APL joriy mavsumida 38 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar