O'zbek Ўзбекча
Veynaldum uchun kurashda «Barselona»ga raqobatchi paydo bo‘ldi
Shanba, 05 Iyun
9668

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldumning transfer masalasi yaqin soatlar ichida hal bo‘ladi, deb xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

«Barselona» Veynaldumning yakuniy qarorini kutyapti. Futbolchi yaqin soatlar ichida kelajagi borasidagi qarorni ma’lum qiladi. Kataloniyaliklar allaqachon futbolchi uchun tibbiy tekshiruvlarni rejalashtirib qo‘yishgan. Klub niderlandiyalik xavbek bilan kelgusi haftadayoq 2024 yilgacha shartnoma imzolamoqchi. 

O‘z navbatida, «PSJ» 30 yoshli yarim himoyachiga «Barsa»dan ko‘proq maosh taklif qilishga tayyor. Parij klubi ham futbolchining qarorini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Veynaldumning «Liverpul» bilan shartnomasi shu yilning 30 iyun sanasida o‘z nihoyasiga yetadi va yarimhimoyachi yangi jamoasiga erkin agent sifatida o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar