O'zbek Ўзбекча
«Kyoln» o‘tish o‘yinida g‘alaba qozonib, Bundesligada qolishni uddaladi
Shanba, 29 May
2192

Germaniyada Bundesligaga o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda yuqori divizionda 16-o‘rinni egallagan «Kyoln» ikkinchi divizionda 3-pog‘onadan o‘rin olgan «Holshtayn Kil»ni mehmonda tor-mor etdi va Bundesligada qolishni uddaladi. E’tiborlisi, «Kyoln» o‘z maydonida minimal hisobda yutqazib qo‘ygandi. 

Eslatib o‘tamiz, bungacha ikkinchi diviziondan «Boxum» va «Groyter Fyurt» jamoalari yuqori divizonga yo‘llanma olgandi. «Shalke» va «Verder» esa Bundesligadan tushib ketgandi. 

Bundesliga. O‘tish o‘yini
Holshtayn Kil — Kyoln 1:5

29 may, «Holshtayn»
Gollar: Li Che Son (4) — Hektor (3), Andersson (6, 13), Chixos (39), Sxiri (85).
Holshtayn Kil – Gelios, Lorens (Meyes, 46), Komenda (Kirkeskov, 63), Val, Biler, Meffert, Li Che Son, Bartels, Porat (Girt, 46), Noymann, Reze (Avuku, 80).
Keln – Horn, Horn (Yakobs, 46), Bornauv (Xorxe Mere, 46), Exizibue, Chixos, Duda (Mayer, 63), Volf (Tilman, 72), Sxiri, Hektor, Kayns, Andersson (Dreksler, 76).
Birinchi o‘yin — 1:0.

Teglar

O'xshash yangiliklar