O'zbek Ўзбекча
Veynaldum La Liga grandi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi
Seshanba, 25 May
13131

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum yangi mavsumni La Ligada boshlash arafasida turibdi.

Sky Sport Italia’ning yozishicha, niderlandiyalik futbolchi «Liverpul»dan erkin agent sifatida «Barselona»ga o‘tadi. Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman va jamoa sardori Lionel Messi Veynaldumning «Barsa»ga o‘tishini ma’qullagan.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik 30 yoshli yarimhimoyachi «Barselona» bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Jorjinoning liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.

Avvalroq, futbolchining agenti Kataloniyada bo‘lib, klub rahbariyati bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Veynaldum APL joriy mavsumida 38 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar