O'zbek Ўзбекча
Xedira futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Payshanba, 20 May
5532

«Herta» yarimhimoyachisi Sami Xedira futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

34 yoshli o‘yinchi 22 may kuni «Hoffenhaym» bilan bahsda faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Yarimhimoyachi bu mavsumda Bundesligada 8ta bahsda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qildi. 

Xedira faoliyati davomida «Shtutgart», «Real» va «Yuventus»da harakat qilgan va Bundesliga, La Liga, A Seriya (5 bor), Ispaniya Kubogi (2 marta), Italiya Kubogi (3 bor), Italiya va Ispaniya Superkubogi, YeCHL, Yevropa Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan Shuningdek, u Germaniya milliy jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar