O'zbek Ўзбекча
«Paxtakor» yana g‘alaba qozondi. «Markaziy»dagi markaziy o‘yindan fotogalereya
Payshanba, 08 Aprel
4186

O‘zbekiston chempionati 5-turining markaziy o‘yini Namanganda o‘tkazildi. O‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qilgan «Navbahor» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dragan Cheranning ikkita goliga mezbonlar faqat bitta gol bilan javob qaytardi.

Cheran g‘alaba golini 90-daqiqada penaltidan urgani mahalliy muxlislarning jahlini chiqardi va ular o‘yindan keyin tartibsizlikni yuzaga keltirishdi. Ichida hakamlar brigadasi bo‘lgani aytilgan MTRK mashinasi muxlislar hujumiga uchradi.

Bu g‘alabadan keyin «Paxtakor» 100 foizlik natija qayd etgan holda 5-turdan keyin yaqqol yetakchiga aylandi. «Navbahor» esa 4 ochko bilan 9-o‘ringa joylashdi. Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va quyida Namangandagi uchrashuvdan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Suratlar muallifi – Muhammadjon G‘aniyev

O'xshash yangiliklar