O'zbek Ўзбекча
«Liverpul» Veynaldum o‘rniga 3 yarimhimoyachi topdi
Yakshanba, 28 Mart
7894

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum yozda jamoasini o‘zgartirishga yaqin. 

Daily Mail'ning yozishicha, klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda shartnomasi yakunlanib, «Barselona»ga o‘tishi kutilayotgan niderlandiyalik futbolchiga o‘rinbosar qidirishmoqda.

Hozirda mersisaydliklar ro‘yxatida 3 nafar yarimhimoyachi bor: Aaron Remzi («Yuventus»), Iv Bissuma («Brayton») va Ussam Auar («Lion»).

Ammo bu futbolchilar bilan bitim imzolashda muammolar bo‘lishi mumkin. Remzi ko‘p jarohat oladi va uning maoshi yuqori, Bissumaga «Lester» va «Arsenal» ham da’vogarlik qilmoqda, Auar esa qimmat narx – 65 mln funtga baholanmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar