O'zbek Ўзбекча
Veynaldum «Barselona» bilan kelishuvga erishgan
Yakshanba, 21 Mart
6440

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum yozda klubni tark etishi oydinlashgan.

The Sunday Times nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi liverpulliklar bilan yozda nihoyasiga yetadigan amaldagi shartnomasini uzaytirmaydi va iyul oyida «Barselona»ga o‘tadi. 

Veynaldum Kataloniya klubiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Qayd etilishicha, Jorjino bu borada bosh murabbiy Ronald Kuman va klub yangi prezidenti Joan Laporta bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsum «Liverpul» safida jami 37 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar