O'zbek Ўзбекча
Veynaldum A Seriya grandi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi
Chorshanba, 03 Mart
6480

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Sport Mediaset’ning yozishicha, «Inter» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening taklifiga ko‘ra Jordjino Veynaldum bilan muzokaraga kirishgan. Milanliklar 30 yoshli yarimhimoyachini erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi. 

Qayd etilishicha, Veynaldum shaxsiy shartnoma masalasida «Inter» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik yarimhimoyachi APL joriy mavsumida 26 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar