O'zbek Ўзбекча
Veynaldum «Liverpul»ning asosiy muammosini aytdi
Juma, 22 Yanvar
8416

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum Premer-liga doirasida «Byornli»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) keyin muvaffaqiyatsizlik sabablari haqida gapirdi.

«O‘yindan oldin yaxshi rejaga ega edik – to‘p bilan ko‘proq harakat qilishimiz lozim edi. O‘yin davomida gol urish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘ldik, shu jumladan yaqqol golli vaziyatlar ham yuzaga keldi. Biroq bu safar ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadik. Vaziyatni yakunlashga aniqlik yetishmadi, raqib esa penaltidan gol urdi.

Bizdagi muammo vaziyatlardan foydalana olmayotganimizda. Buni tushuntirish qiyin. Ehtimol, chetdan qaraganda o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgandek ko‘rinayotgandirmiz, aslida esa bunday emas. Bizda gol uchun vaziyatlar yetarlicha yaratilyapti. Balki golga bo‘lgan kuchli ishtiyoq yetishmayotgandir. 

Gol kirita olmayotganimiz yoki vaziyat qiyinlashayotgani haqida o‘ylamay, faqat o‘ynashimiz kerak. Navbatdagi uchrashuv kubok doirasida «Manchester Yunayted» bilan. G‘alaba qozonishga intilish lozim», – deydi Veynaldum.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» 2021 yilda APL doirasidagi so‘nggi 4 o‘yinda birorta ham gol kirita olganicha yo‘q. Klub 19-turdan keyin 34 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar