O'zbek Ўзбекча
«Liverpul» Veynaldumga yangi shartnoma taklif qildi
Dushanba, 28 Dekabr
2723

«Liverpul» kelgusi yozda shartnomasi yakunlanadigan yarimhimoyachi Jorjino Veynaldum bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Thw Guardian'ning yozishicha, mersisaydliklar dekabr oyi boshida niderlandiyalik 30 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif qilishgan, ammo Veynaldum o‘ylab olish uchun vaqt so‘ragan. Yarimhimoyachi agar ketishga qaror qilsa, boshqa klublar bilan muzokaralarni boshlashdan oldin «Liverpul»ga o‘z qarori to‘g‘risida xabar berishga va’da berdi.

Veynaldum «Liverpul»ga 2016 yili «Nyukasl»dan o‘tgan. U bu mavsumda APLda 15ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar