Dibala APLga o‘tishi mumkin
Dushanba, 07 Dekabr
11304

«Yuventus»ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibalaning vakillari futbolchining xizmatlarini Angliyadagi oltita top klubga taklif qilgan. Bu haqda 90 min xabar bermoqda. 

Argentinalik futbolchining turinliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilda yakuniga yetadi, ammo, manbaning so‘zlariga ko‘ra, Dibala «Yuventus»dagi o‘yin amaliyotidan qoniqish hosil qilmayapti va jamoani 2021 yilda tark etishga tayyor. Forvardning xizmatlari «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Tottenhem», «Liverpul», «Manchester Siti» va «Arsenal»ga taklif etilgan. 

Bundan tashqari, OAV ma’lumotiga ko‘ra, Dibalaga Fransiyaning «PSJ» klubidan ham qiziqish mavjud. Argentinalik futbolchi Madridning «Real» klubiga yo‘l olishi kutilayotgan Kilian Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. 

A Seriyaning joriy mavsumida Dibala 6 o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham golda ishtirok etmadi. Chempionlar ligasida forvard 4 o‘yinda maydonga tushib, Vengriyaning «Ferensvarosh» klubi darvozasiga kiritilgan gollardan biriga mualliflik qildi.
 

Teglar

O'xshash yangiliklar