Pirlo: «Ronaldu, Dibala va Morata birgalikda o‘ynashlari uchun yechim topishimiz kerak»
Dushanba, 23 Noyabr
4311

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo YeCHLning 4-turidan o‘rin olgan «Ferensvarosh»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘z yo‘limizda davom etishimiz kerak. Maydonga final bahsini o‘tkazadigandek tushishimiz kerak. Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish uchun g‘alaba kerak. Shunda ba’zi futbolchilarga keyingi o‘yinlarda dam bera olamiz. Raqibning kuchli tomonlarini bilamiz. Birinchi o‘yinni (4:1) unutish mumkin. Bu jamoa yaxshi futbol namoyish etadi.

Dibala o‘yinga tayyor. U yaxshi harakat qilmoqda va doimiy ravishda mashq qilmoqda. U «Kalyari» (2:0) bilan bahsda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Dibala, Ronaldu va Morata, afsuski, bir vaqtda asosiy tarkibda o‘ynay olishmaydi. Avvalo muvozanatni, so‘ng ular birgalikda o‘ynay olishlari uchun yechim topishimiz kerak», – deya Pirloning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

«Yuventus» – «Ferensvarosh» bahsi ertaga, 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar