O'zbek Ўзбекча
Veynaldum: «Van Deyk futbolchi uchun eng og‘ir bo‘lgan damlarni o‘tkazmoqda»
Seshanba, 10 Noyabr
3071

«Liverpul» hujumchisi Jorjino Veynaldum jiddiy jarohat olgan jamoadoshi Virjil van Deykni qo‘llab-quvvatladi.

«Hozir Virjil uchun faoliyatidagi eng og‘ir dam. Bu futbolchi boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir jarohatlardan biri. U azob chekayotganini biz ham ruhan his qilib turibmiz. Shunga qaramay, van Deyk juda kuchli inson. Virjil bilan doimiy aloqada bo‘lib turibman, uning safga qaytishini intizorlik bilan kutamiz», deya Veynaldumning so‘zlarini keltirmoqda Voetbal International.

Eslatib o‘tamiz, van Deyk «Everton» darvozaboni Pikford bilan to‘qnashuvdan keyin jarohat olib, jarrohlik stoliga yotgandi. Niderlandiyalik himoyachi mart oyiga yaqin safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar