O'zbek Ўзбекча
«Yuventus» «Barselona»ga qarshi, «MYU» va «Leypsig» o‘rtasida peshqadamlik kurashi. YeCHL chorshanba kungi o‘yinlar prevyusi
Chorshanba, 28 Oktabr
5351

Bugun, 28 oktyabr chorshanba kuni YeCHL so‘nggi to‘rt guruhida 2-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bemalol aytish mumkinki, seshanba kungi bahslardan ko‘ra chorshanba oqshomidagi o‘yinlar ro‘yxatidan jarangdor qarama-qarshiliklar joy olgan.

«E» guruhi: «Chelsi» 3500 kilometrga safar qiladi

Dastlabki turda «Sevilya» bilan bahsda ochko yo‘qotgan Frenk Lempard jamoasi 2-tur doirasida Rossiyaga safar qilib, «Krasnodar» klubi mehmoni bo‘ladi. Ushbu uchrashuv oldidan Lempardni tarkibdagi muammolardan ko‘ra, yo‘l charchog‘i ko‘proq o‘ylantirsa ajabmas. Sababi «Chelsi» hafta o‘rtasida Londondan Krasnodarga borib qaytishi uchun jami 7 ming kilometrdan ko‘proq masofaga parvoz qiladi. Mehmonlar o‘yiniga bu holat ham ta’sir qilishi mumkin. Shunga qaramay, «Chelsi» YeCHL debyutanti bilan bahsda o‘yin favoriti sifatida faqat g‘alabani ko‘zlashi aniq. Yana bir fakt - Lempard jamoasi 2020 yilda yevrokubok bahslarida hali g‘alaba nimaligini bilmayapti.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Ispaniyada «Sevilya» va «Renn» o‘rtasida kechadi. Dastlabki turda ochko yo‘qotgan klublar o‘rtasidagi o‘yin ham qiziqarli o‘tishini kutish mumkin.

28 oktyabr (chorshanba)

«E» guruhi

«Krasnodar» - «Chelsi»
O‘yin boshlanish vaqti: 22:55

«Krasnodar»: Safonov; Smolnikov, Martinovich, Kayo, Chernov; Utkin, Gazinskiy, Vilena; Suleymanov, Berg, Ramires
O‘ynamaydi: Ari (jarohat), Vanderson (jarohat), Petrov (jarohat), Klasson (jarohat), Kabella (betob), Stotskiy (jarohat)
So‘roq ostida: Berg (betob), Ulsson (betob), Sorokin (betob)

«Chelsi»: Mendi; Jeyms, Tyago Silva, Zuma, Chiluell; Jorjino, Kante; Pulishich, Xavers, Maunt; Verner
O‘ynamaydi: Alonso (diskvalifikatsiya), Gilmor (jarohat)
So‘roq ostida: Kepa (jarohat)

«Sevilya» - «Renn»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Sevilya»: Bunu; Navas, Kunde, Diyego Karlos, Akunya; Rakitich, Fernando, Xordan; Suso, de Yong, Okampos
O‘ynamaydi: Eskudero (jarohat)
So‘roq ostida: Idrissi (noma’lum)

«Renn»: Gomis; Traore, da Silva, Agerd, Rugani; Burijo, Marten, Grene; Dokyu, Girassi, Terre
O‘ynamaydi: Kamavinga (noma’lum), Mauassa (jarohat), N'Zonzi (diskvalifikatsiya)
So‘roq ostida: Lea Siliki (jarohat)

«F» guruhi: «Borussiya» - «Zenit», «Latsio» Immobilesiz o‘ynaydi

«F» guruhida Dortmundning «Borussiya» klubi Rossiya chempioni «Zenit»ni qabul qiladi. Dastlabki turda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv shiddatli o‘tishi aniq. Sababi navbatdagi ochko yo‘qotilishi jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirib yuboradi.

Belgiyada o‘tadigan «Bryugge» - «Latsio» bahsida esa tomonlar imkoniyatini teng baholash mumkin. Zero, mezbonlar o‘tgan turda Rossiya chempionini mag‘lub etib qaytgan bo‘lishsa, «Latsio» o‘yinga jiddiy yo‘qotishlar bilan yetib kelgan. Rimliklar goleadori Immobile va yana 3 nafar futbolchi koronavirus sababli bu uchrashuvga tashrif buyurmagan. Bu esa dastlabki turda Dortmund klubini mag‘lub etgan Rim jamoasi o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazishi katta ehtimol.

«F» guruhi

«Borussiya» D - «Zenit»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Borussiya»: Byurki; Piek, Xummels, Akandji; Mene, Bellingem, Vitsel, Gerreyru, Roys; Sancho, Holand
O‘ynamaydi: Jan (diskvalifikatsiya), Shmelser (jarohat), Shuls (jarohat), Zagadu (jarohat)

«Zenit»: Kerjakov; Karavayev, Lovren, Rakitskiy, Duglas Santos; Ozdoyev, Barrios; Yeroxin, Vendel, Driussi; Dzyuba
O‘ynamaydi: Malkom (jarohat)
So‘roq ostida: Ozmun (betob).

«Bryugge» - «Latsio»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Bryugge»: Minole; Klinton Mata, Kossunu, Rikka; Dyatta, Rits, de Ketelare, Vanaken, Vormer; Dennis, Krmenchik

«Latsio»: Strakosha; Patrik, Acherbi, Xudt; Marushich, Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Parolo, Fares; Korrea, Murichi
O‘ynamaydi: Radu (jarohat), Lukas Leyva (jarohat), Luis Felipe (jarohat), Latssari (koronavirus), Immobile (koronavirus), Luis Alberto (koronavirus), Javan Anderson (koronavirus), Andreas Pereyra (koronavirus)
So‘roq ostida: Strakosha (noma’lum)

«G» guruhi: Ronaldusiz «Yuve» Messiga qarshi. Pirlo revansh oladimi?

Turning markaziy qarama-qarshiligi Turinda o‘tadi. «Yuventus» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi. Koronavirus sababli Ronaldu – Messi to‘qnashuvi guvohiga aylanmasak-da, bu yo‘qotish ajoyib tarkibga ega bo‘lgan top-klublar o‘rtasidagi o‘yin darajasiga soya sololmaydi. Mehmonlar tarkibida ham yo‘qotishlar yetarlicha. Koutino, Pike va ter Shtegen Kataloniya klubiga yordam bera olmaydi. «Yuve» va «Barsa» o‘rtasidagi so‘nggi bahsda Pirlo sardorligidagi turinliklar 2014/15 yilgi YeCHL finalida Messi-Neymar-Suares triosiga ega Kataloniya jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi. Ko‘ramiz, Pirlo murabbiy sifatida o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olarmikan..?

«G» guruhi

«Yuventus» - «Barselona»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Yuventus»: Shensni; Kuadrado, Demiral, Danilo, Frabotta; Kulusevski, Bentankur, Rabo, Keza; Dibala, Morata
O‘ynamaydi: Aleks Sandro (jarohat), Kellini (jarohat)
So‘roq ostida: Ronaldu (betob), de Lixt (jarohat)

«Barselona»: Neto; Dest, Arauxo, Langle, Alba; Pyanich, de Yong; Dembele, Messi, Fati; Grizmann
O‘ynamaydi: Pike (diskvalifikatsiya), Koutino (jarohat), ter Stegen (jismoniy holat), Yumtiti (jismoniy holat)

«Ferensvarosh» - «Dinamo» Kiyev
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Ferensvarosh»: Dibus; Botko, Blajich, Kovachevich, Chivich; Shiger, Xaratin, Somalia; Isael, Nguen, Mak
O‘ynamaydi: Uzuni (noma’lum)

«Dinamo» Kiyev: Boyko; Kendzera, Zabarniy, Popov, Karavayev; Sidorchuk, Shaparenko; Sigankov, Buyalskiy, de Pena; Supryaga
O‘ynamaydi: Timchik (jarohat), Buan (betob), Mikolenko (betob), Kostevich (jarohat)

«H» guruhi: Guruh peshqadamligi uchun bahs

So‘nggi guruhdagi dastlabki bahsda «PSJ» Turkiyada «Istambul»ga qarshi maydonga tushsa, Manchesterda guruh peshqadamlari o‘zaro ro‘baro‘ kelishadi. «Manchester Yunayted» Parijdagi g‘alabadan keyin «RB Leypsig»ni ham to‘xtatishga urinadi. Nemis klubi ham Angliyadagi o‘yinga faqat g‘alaba ilinjida kelganligini yashirmayapti. Shunday ekan, «Old Trafford»dagi bahsda keskin va qiziqarli uchrashuvga guvoh bo‘lish mumkin.

«H» guruhi

«Istambul B» - «PSJ»
O‘yin boshlanish vaqti: 22:55

«Istambul Bashakshexir»: Mert Gyunok; Rafael, Shkrtel, Yepuryanu, Bolingoli; Mexmet Topal, Irfon Kahvachi, Maxmut Tekdemir; Deniz Tyuryudj, Vishcha, Ba
O‘ynamaydi: Okechukvu (noma’lum), Shadli (noma’lum), Kaysara (axill)

«PSJ»: Navas; Florensi, Danilu, Kimpembe, Kyurzava; Di Mariya, Errera, Markinos; Neymar, Ken, Mbappe
O‘ynamaydi: Bernat (jarohat), Draksler (jarohat), Ikardi (jarohat), Paredes (jarohat), Verratti (jarohat)
So‘roq ostida: Guey (jarohat), Kerer (jarohat)

«Manchester Yunayted» - «RB Leypsig»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Manchester Yunayted»: de Xea; Tuanzebe, Maguayr, Lindelef; Uan-Bissaka, Fred, van de Beyek, Telles; Brunu Fernandesh; Reshford, Marsyal
O‘ynamaydi: Bayi (jarohat)
So‘roq ostida: Lingard (og‘riq)

«RB Leypsig»: Gulachi; Orban, Upamekano, Xalstenberg; Xenrixs, Kampl, Nkunku, Anxelino; Dani Olmo, Forsberg, Poulsen
O‘ynamaydi: Aydara (betob), Laymer (jismoniy holat), Klostermann (jarohat), Xartmann (jarohat), Myukile (jarohat)
So‘roq ostida: Adams (jarohat).

Teglar

O'xshash yangiliklar