O'zbek Ўзбекча
Klopp Veynaldum bilan uning kelajagini muhokama qildi
Juma, 11 Sentabr
6084

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarimhimoyachi Jorjino Veynaldum bilan uning kelajagi borasida suhbatlashdi, deb xabar beradi Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv yaxshi o‘tdi. 29 yoshli niderlandiyalik mersisaydliklar safida qolishni istamoqda va Klopp bilan suhbatdan so‘ng klub tomonidan yangi shartnoma taklif qilinishini kutmoqda. Nemis mutaxassisi ham yarimhimoyachi jamoada qolishini istamoqda. 

Bungacha Veynaldumning xizmatlariga «Barselona» klubi, shaxsan «ko‘k-anorranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman qiziqayotganligi xabar qilingandi. 

Yarimhimoyachi «Liverpul»da 2016 yildan beri harakat qiladi. Uning «qizillar» bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. U o‘tgan mavsumda APLda 37ta o‘yin o‘tkazib, 4ta to‘p kiritgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar