O'zbek Ўзбекча
Veynaldum «Barsa»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Juma, 04 Sentabr
10260

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga javob qaytardi.

«Barselona»ga o‘tishim haqidagi ma’lumotlar mish-mishdan boshqa narsa emas. Shu bois bu haqda gapirish noo‘rin. Kumanning Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyligini tark etishi afsuslanarli. Ammo u katta klubda ish boshlaganidan xursandman. Kumanning ketishini yetakchi futbolchining milliy jamoani tark etishiga qiyoslasa bo‘ladi. Biz oldinga qarab intilishda davom etishimiz kerak», - deya «Liverpul» yarimhimoyachisining so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Avvalroq, Veynaldum Kumanning «Barselona»dagi asosiy transfer maqsadlaridan biri ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar