O‘rtoqlik o‘yinlari. «Chelsi»da g‘alaba, «Arsenal» Chempionship jamoasiga yutqazdi
Payshanba, 11 Iyun
6006

«Chelsi» va «Arsenal» APL restartidan avval Londonda nazorat o‘yinlarini o‘tkazishdi.

«Arsenal» «Emireyts»da Chempionship vakili «Brentford»ni qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazdi. Gollar mualliflari va tarkiblar ma’lum qilinmagan. 

«Chelsi» esa Kobhemdagi bazasida «Reding»ni Pedroning yagona goli evaziga mag‘lub etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Premer-liga 17 iyundan davom ettiriladi. Shu kuni «to‘pchilar» safarda «Manchester Siti» mehmoni bo‘lsa, «aristokratlar» 21 iyunda Birmingemda «Aston Villa» bilan bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar