O'zbek Ўзбекча
«Inter» Martinesni qolishga ko‘ndirmoqchi
Seshanba, 09 Iyun
2910

«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta hujumchi Lautaro Martines transferi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Martines «Inter» uchun kerakli futbolchi, uni sotishga majbur emasmiz. Uning shartnomasidagi tovon puli 111 mln yevroga teng, bu qoida 7 iyulgacha amal qiladi. Uni sotishning yagona yo‘li shu.

Futbolchi kutib turishi va «Inter» bilan birga o‘sishi mumkin. Biz Lautaro bilan uchrashib, shuni tushuntirmoqchimiz. Kelajakda esa ketishga tayyor bo‘lgan zahoti qo‘yib yuboramiz», - deb Marotta so‘zlarini keltirmoqda Corriere dello Sport.

Avvalroq Martines xizmatiga «Barselona» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 31ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar