O'zbek Ўзбекча
«Inter» APL klubidan Lautaroga o‘rinbosar topdi 
Payshanba, 21 May
7732

«Inter» jamoadan ketish ehtimoli bo‘lgan hujumchi Lautaro Martines o‘rniga yangi forvard izlashni davom ettirmoqda.

Manchester Evening News'ning yozishicha, «neradzurri» «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Agueroni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

31 yoshli argentinalik futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 52 mln yevroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Aguero 30ta o‘yin o‘tkazib, 23ta gol va 3ta assistni o‘zi hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines yozda «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar