O'zbek Ўзбекча
Xavi Messi va Ronaldinoning munosabatlari haqida gapirdi 
Dushanba, 06 Aprel
8944

Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi «Barselona»dagi sobiq jamoadoshlari Ronaldino va Lionel Messining munosabatlari haqida gapirdi.
 
«Messi asosiy jamoa bilan shug‘ullanishni boshlaganda 16-17 yoshda edi, Ronaldino esa o‘sha vaqtda 26da bo‘lgan. Ular yaxshi munosabatda bo‘lishgan. Ronaldino hamma kabi Messida alohida bir iqtidor borligini yaxshi bilardi. 

Braziliyalik Messini o‘z ukasiday ko‘radi. Ronaldino unga ko‘p yordam berdi. To‘g‘ri, biz hammamiz unga ko‘maklashishga harakat qilganmiz, biroq Ronaldino bu ishni dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida amalga oshirardi.

Leo haqiqatdan ham eng yaxshi futbolchilardan biri. O‘ylashimcha, uning bu darajaga yetishida kiyinish xonasidagi yaxshi muhitning ham o‘rni bor», - deb Xavining so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.

Teglar

O'xshash yangiliklar