Ronaldino hibsdan ozod etildi
Juma, 06 Mart
9126

Paragvay prokuraturasi qalbaki pasportdan foydalangan Braziliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinoga ayblov e’lon qilmadi. 

Sud vakilining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga qalbaki pasport bilan kirgan Ronaldino bilan uning akasi Roberto tergov uchun muhim ma’lumotlarni oshkor qilishgan va hibsdan chiqish huquqiga ega bo‘lishgan.

ABC Color xabariga ko‘ra, ish hali yopilmagan, ammo sobiq futbolchi 8 soat davom etgan so‘roqdan keyin prokuratura binosini tark etgan. Ularga tergov oxiriga qadar Paragvayni tark etmaslik buyurilgan.

Prokuror Federiko Delfino so‘zlariga ko‘ra, ish doirasida bir necha shaxslarga ayblov e’lon qilingan. Biroq, ular orasida Ronaldino va uning akasi yo‘q.

Qayd qilish joizki, avvalroq sobiq futbolchiga 2,3 mln yevro qarzlar tufayli Braziliyani tark etish taqiqlangan edi. Biroq u tadbirkor Vilmondes Souza Lira yordamida qalbaki pasportni qo‘lga kiritgan. Ayni paytda u Braziliyada hibsga olingan.

Teglar

O'xshash yangiliklar