Drulovich Eron bilan o‘yinga to‘g‘ri tarkib tanladimi?
Payshanba, 09 Yanvar
2675

Bugundan O‘zbekiston U23 jamoasi Tailanddagi Osiyo chempionatida ishtirokini boshlaydi. Lyubinko Drulovich shogirdlari birinchi turda Eronga qarshi o‘ynashadi. Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan O‘zbekiston o‘yin oldidan favorit sifatida qaralmoqda. Songxladagi stadion o‘yinga tayyor. Stadionning maysasi ayniqsa yaxshi holatda ekanini alohida ta’kidlash mumkin.

Drulovich juda muhim hisoblangan ilk o‘yinda biroz kutilmagan tarkib bilan maydonga tushgan. Masalan chap qanotda maydon markazida ko‘pchilik milliy jamoada ham o‘ynashga ulgurgan Abror Ismoilov o‘ynashini kutgandi, ammo «Surxon»dagi o‘yinlari sabab milliy jamoaga chaqirilgan «Paxtakor» futbolchisi zaxirada qolgan. Uning o‘rniga Abdulla Abdullayev tushirilgan. Chap qanotda esa Sharof Muhiddinov o‘ynashiga deyarli hech kim shubha qilmagandi, ammo murabbiy kutilmaganda Sharofning «Nasaf»dagi o‘rinbosari Ilhom Alijonovni tushirgan.

Qolgan chiziqlarda hammasi deyarli kutilganidek. Milliy jamoada o‘zining yangi qirralarini ko‘rsata olgan Sanjar Qodirqulov hujumga yaqin o‘ynashi kutilmoqda. O‘yin boshlanishi oldidan kichik galereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar