O'zbek Ўзбекча
«Paxtakor»ning barcha hujumchilari gol urgan va Qosimovni iste’fo so‘rashga majbur qilgan o‘yindan fotogalereya
Dushanba, 27 May
3682

Superliga 10-turining «Paxtakor» hamda OKMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yini kutilganidek Arveladze jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. «Paxtakor» Chempionlar Ligasidagi alamli o‘yindan so‘ng o‘ziga kelib olishi uchun ishonchli g‘alaba qozonishi kerakligini bilardi. Shunday bo‘ldi ham.

Mirjalol Qosimov Olmaliqda yaxshi jamoa shakllantirishga qiynalmoqda, bu «Paxtakor» bilan o‘yinda ham ko‘rindi. Bu o‘yinda «Paxtakor»ning uchchala hujumchisi Igor Sergeyev, Dragan Cheran va Marat Bikmayevlar gol urganini ta’kidlash kerak.

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoasining 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan bu bahsdan so‘ng iste’fo so‘rashini ma’lum qildi. Tribuna.uz fotomuxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va o‘yindagi qiziqarli vaziyatlarni kadrga muhrladi. Quyida «Paxtakor» - OKMK o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar