O'zbek Ўзбекча
Ikki daqiqada ikkita gol urilgan va «Nasaf» 3-o‘ringa ko‘tarilish imkonini boy bergan o‘yindan fotogalereya
Shanba, 11 May
3235

Kecha, 10 may kuni Superligada 8-tur o‘yinlari boshlandi. Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘z maydonida Navoiyning «Qizilqum»ini qabul qildi. Bu bahsda g‘alaba qozonsa, «Nasaf» uchinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin edi. Biroq Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi o‘z maydonida ochko yo‘qotdi. O‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘yinning birinchi bo‘limi ancha xotirjam o‘tdi. Ikkichni bo‘limda esa har ikki jamoa hujumga zo‘r berdi. Shu kuni 3 ta hujumchi bilan o‘ynagan va qaysidir ma’noda vabankka borgan «Qizilqum» 49-daqiqada hisobni ochdi. Odatda zaxiradan maydonga tushadigan, lekin «Nasaf»ga qarshi asosiy tarkibda o‘ynagan Murod Bobojonov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ammo navoiyliklarning xursandchiligi 2 daqiqaga ham cho‘zilmadi. Hujumga zo‘r bergan «Nasaf» 51-daqiqada Humoyun Murtazoyevning goli bilan muvozanatni tikladi. O‘yinning qolgan qismi ham hujumlarga boy bo‘ldi, lekin boshqa gol urilmadi. Tribuna.uz fotomuxbiri o‘yinni stadionda kuzatdi va o‘yinning qiziqarli lavhalarini kadrga muhrladi. Quyida «Nasaf» – «Qizilqum» o‘yinidan tayyorlangan fotogaleryani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar