O'zbek Ўзбекча
Shiddatli o‘tgan «Dinamo» - «Navbahor» o‘yinidan fotogalereya
Shanba, 27 Aprel
2270

26 aprel, juma kuni Samarqandda Superliga 6-turidan o‘rin olgan «Dinamo» - «Navbahor» o‘yini o‘tkazildi. 2:2 hisobidagi jangovor durang natija qayd etilgan bu bahs chempionatning hozirgacha o‘tkazilgan eng qiziqarli o‘yinlaridan biri bo‘ldi. Samarqandliklar safida Qadamboy Nurmetov va Sardor Eminovlar gol urgan bo‘lishsa, «Navbahor»ning gollariga legionerlar Slavko Lukich va Aleksandr Kasyan mualliflik qilishdi.

FIFA referesi Ravshan Ermatov boshqarib borgan o‘yinga Namangandan yuzlab futbol muxlislari kelgani uning darajasini bildirib turardi. Bu o‘yinda vaziyatlar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘pchilik uni muhokama qildi.

Har ikki jamoa murabbiylari o‘yindan keyin juda asabiy to‘qnashuv bo‘lganini aytishdi. Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlarida so‘ng Samarqandning chiroyli shahar ekanini aytib uning somsasini maqtashga ham ulgurdi.

Tribuna.uz fotomuxbiri o‘yinni stadionda kuzatdi va undagi qiziqarli voqealarni kadrga muhrladi. Quyida «Dinamo» - «Navbahor» o‘yinidan olingan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar