O'zbek Ўзбекча
Foto: «Dinamo» stadionini suv bosdi. «Navbahor»ga qarshi o‘yin qoldirilishi kutilmoqda
Chorshanba, 24 Aprel
4132

Samarqandda bir necha kundan buyon davom etayotgan yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqardi. 24 aprel kungi yomg‘irlar natijasida shahar markazida joylashgan «Dinamo» stadioni ham suv ostida qoldi.

Shu sababli, «Dinamo» klubining 26 aprel kuni Superliganing 6-turi doirasida Namanganning «Navbahor» klubiga qarshi o‘tkazishi belgilangan o‘yini qoldirilishi mumkin. Bu hafda PFL direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanalida ma’lum qilgan.

«Dinamo» va «Navbahor» o‘yini stadion suv bilan qoplangani uchun o‘z vaqtida o‘tmasligi katta ehtimol. «Surxon» — «Andijon» o‘yini mamlakat rahbariyatining Surxondaryoga ehtimoliy tashrifi sabab boshqa kunda o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda O‘zPFL barcha stadionlardagi holatni o‘rganish ishlari bilan band. Yakuniy xulosa tashkilot rasmiy saytida e’lon qilinadi»,- deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev.

Ma’lumot uchun, Superliganing 6-tur o‘yinlari quyidagi vaqtlarda o‘tishi belgilangan:
26 aprel, juma
Dinamo — Navbahor (17:30)
Nasaf — OKMK (19:35)
Buxoro — Bunyodkor (19:35)
27 aprel, shanba
Surxon — Andijon (17:30)
Metallurg — Qo‘qon-1912 (18:30)
Lokomotiv — Qizilqum (19:35)
So‘g‘diyona — Paxtakor (19:35).

Teglar

O'xshash yangiliklar