O'zbek Ўзбекча
«Loko» bir kishi kam bo‘lib durang o‘ynagan va Iskanderov «Pirloga aylangan» o‘yindan fotogalereya
Seshanba, 23 Aprel
2639

Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Oxirgi uch yilda O‘zbekiston chempionligini hech kimga bermayotgan «Lokomotiv» bugun o‘z maydonida musobaqaning ikki karra chempioni «Al Ittihod»ni qabul qildi. G‘alaba juda muhim bo‘lgan o‘yinda «temiryo‘lchilar» durang bilan kifoyalanishdi va bir qarashda unchalik kuchli bo‘lmagan guruhda uchinchi o‘rinda qoldi.

Romarinoning goliga Temurxo‘ja Abduxoliqov javob berdi va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. «Loko»ning goli ayniqsa chiroyli chiqdi. Jamshid Iskanderovning zargarona to‘p uzatishini Temurxo‘ja golga aylantirdi. Bu vaziyatda Jamshid «Pirloga aylandi» va super to‘p uzatishini amalga oshirdi.

O‘yinni terma jamoaning oxirgi ikki murabbiyi Ektor Kuper va Samvel Babayan ham stadiondan kuzatishdi. Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va ajoyib kadrlarni tarixga muhrladi. Quyida o‘yindan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga taqdim etamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar