O'zbek Ўзбекча
Arslonmurod Buxoroga qaytgan va «Loko» xotirjam g‘alaba qozongan o‘yindan fotogalereya
Juma, 19 Aprel
2617

Superliga 5-turining qiziqarli o‘yinlaridan biri Buxoroda o‘tkazildi. Mahalliy «Buxoro» o‘z maydonida amaldagi chempion «Lokomotiv»ni qabul qilib, 0:2 hisobida ikmoniyatni boy berdi.

Katta jamoalarning Buxoroga safari doim qiyin kechgan, biroq bu gal bunday deb ayta olmaymiz. Birinchidan, stadionga unchalik ko‘p muxlis kelmadi. Ikkinchidan, «Lokomotiv» xotirjamlik bilan g‘alaba qozondi.

Bu o‘yinda buxorolik muxlislar Arslonmurod Omonovning qaytganiga guvoh bo‘lishdi. Aynan «Buxoro»dagi o‘yinlari sabab «Lokomotiv»dan taklif olgan Turkmaniston milliy jamoasi sardori o‘zining eng yaxshi sport formasiga kirib borayotganini sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda isbotladi.

Milliy jamoamizning ikki sobiq himoyachilari o‘rtasidagi bahsda Fyodorov shogirdlari ustunlik qilishdi, chunki amaldagi chempion «Loko» o‘yindan o‘yinga ochilib bormoqda. Tribuna.uz muxbiri Buxorodagi o‘yinni stadiondan kuzatdi va undagi voqealarni kadrga muhrladi. Quyida «Buxoro» - «Lokomotiv» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar