O'zbek Ўзбекча
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” 1:3. Mezbon muxlislar xafa bo‘lgan uchrashuvdan fotolavhalar
Dushanba, 15 Aprel
2345

Superliga 4-turining so‘nggi uchrashuvi Farg‘onaning “Istiqlol” o‘yingohida “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasida kechib, unda mehmonlar 1:3 hisobida ustun kelishdi. 

Uchrashuvni stadionda 4200 nafar muxlis tomosha qildi. Qo‘qondan Farg‘ona shahri tomon 70 kilometr yo‘l bosib kelgan ishqibozlar yana o‘z suyuklilarining yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishdi.

O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qo‘qonliklar jamoasi katta murabbiyi Aziz To‘xtaboyev yomon natija uchun muxlislardan qayta-qayta uzr so‘radi. U hali g‘alabalar oldinda ekanligini aytib, kelgusi o‘yinlarda ham ishqibozlar ko‘magi zarur ekanligini ta’kidladi.

E’tiboringizga ushbu bahsdan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz.

Elmurod Ermatov va Firdavs Ermatov olgan suratlar

O'xshash yangiliklar