APLning 21 yashar hujumchisi «Barselona» nazariga tushdi
Dushanba, 10 Dekabr
6091

«Everton» hujumchisi Risharlison «Barselona»da qiziqish uyg‘otdi, deb xabar beradi Daily Star.

Nashrga ko‘ra, transfer summasi 40 mln funtni tashkil etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi siymosida «ko‘k-anorranglilar» 32 yoshli Luis Suaresga o‘rinbosarni ko‘rishmoqda.

21 yoshli Risharlison joriy mavsum 14 o‘yinda «Uotford» libosida maydonga tushdi va 7+1 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.

Avvalroq «Barsa» Suaresning o‘rnini bosish uchun APLdan Harri Keyn yoki Roberto Firminoni olib kelish variantlarini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar