O'zbek Ўзбекча
Otabek Shukurov «Sharja» bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
Juma, 07 Dekabr
6206

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov BAAning «Sharja» klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni 2022 yilga qadar davom ettirishga kelishib olishgan.

Shukurov sharjaliklar safiga 2017 yilning dekabrida erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. 22 yoshli xavbek bunga qadar «Bunyodkor», «Mash’al» va «Buxoro» klublari sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, «Sharja» BAA chempionatining 2018/19 yillar mavsumida 12ta turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turibdi. Klub amaldagi chempioni «Al-Ayn» bilan teng ochko to‘plagan bo‘lib, asosiy raqobatchisini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ortda qoldirmoqda.

Otabek Shukurov 12ta turning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va deyarli almashtirishlarsiz o‘ynamoqda. Uning hisobida ikkita gol va ikkita sariq kartochka bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar