O'zbek Ўзбекча
Jeremi Matyo: «Barsa»da meni «o‘ldirishdi». Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganimda, ertasiga hech kim men bilan gaplashmasdi»
Seshanba, 23 Fevral
9004

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Jeremi Matyo Kataloniya klubidagi faoliyati haqida gapirdi. 

«Barselona»dagi so‘nggi yilimda juda yomon kunlarni boshdan kechirdim. Jamoa Chempionlar Ligasida «Yuventus»ga (0:3) men tufayli yutqazgandek tuyuldi. «Barsa»da meni «o‘ldirishdi», ammo 11 kishi futbol o‘ynaydi.

So‘ng «Sporting»ga ko‘chib o‘tdim. Bu yerda biror holat yuz bersa, men bilan gaplashishadi. «Barselona»da esa bunday emasdi. Masalan, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganimda, ertasi kuni hech kim men bilan gaplashmasdi. Birorta so‘z aytishmasdi. Hatto bosh murabbiy Luis Enrike ham. Menga muhabbat kerak edi», – deya fransuzning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
 
Matyo kataloniyaliklar tarkibida 2014 yildan 2017 yilgacha harakat qilgan, keyin «Sporting»ga sotib yuborilgan. U, shuningdek, faoliyati davomida «Valensiya», «Tuluza», «Sosho» klublarida ham o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar