«Bavariya» himoyachisi David Alaba tez orada yangi klubini aniqlaydi.
Sky Sport Deutschland'ning yozishicha, so‘nggi 2 haftadan beri avstriyalik futbolchi bilan muzokaralarda «PSJ» faol bo‘lib turibdi.
Alaba hatto parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi bilan suhbatlashgan. Ammo himoyachi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan. U faoliyatini Ispaniyada davom ettirish istagida.
Avvalroq futbolchining «Real» bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.