Italiya chempionatining 19-turida peshqadam «Milan» o‘z uyida «Atalanta»ga yirik hisobda yutqazdi. Romero, Ilichich va Sapataning gollari bergamoliklarni 36 ochko bilan 4-o‘ringa olib chiqdi. «Milan» 43 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi.
Milanning boshqa bir klubi «Inter» safarda «Udineze» darvozasiga yo‘l topa olmadi va «Milan»ga yetib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Konte jamoasi 41 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya, 19-tur, 23 yanvar
Milan — Atalanta 0:3
Gollar: Romero (26), Ilichich (53, penalti), Sapata (77).
Milan – Donnarumma, Ker, Teo, Kalabriya, Kalulu (Musakko, 57), Kessie, Meyte (Braim Dias, 46), Tonali, Kastilexo (Manjukich, 70), Leau (Rebich, 70), Ibragimovich.
Atalanta – Gollini, Hatebur (Mele, 67), Toloi, Romero, Gozens (Palomino, 90+1), Pessina (Malinovskiy, 90+1), de Ron, Ilichich (Muriel, 82), Froyler, Gimshiti (Kaldara, 90+1), Sapata.
Udineze — Inter 0:0
Udineze – Musso, Larsen (Molina, 78), Bonifatsi (De Mayo, 63), Rodrigo Bekao, Zegelar (Nyuytink, 78), Arslan (Uolas, 33), Pereyra, Deulofeu (Mandragora, 62), de Paul, Samir, Lazanya.
Inter – Handanovich, Hakimi, Bastoni, de Vrey, Yang (Perishich, 70), Brozovich, Barella, Vidal (Sensi, 70), Shkrinyar, Martines (Sanches, 70), Lukaku.