O'zbek Ўзбекча
Sergey Yuran Oston O‘runov haqidagi gaplari uchun RFI tomonidan jarimaga tortildi
Chorshanba, 20 Yanvar
15420

Rossiya futbol ittifoqi etika qo‘mitasi «SKA-Xabarovsk» bosh murabbiyi Sergey Yuranni «Spartak» yarimhimoyachisi Oston O‘runov haqidagi gaplari uchun jarimaga tortdi.

«Chempionat.com» manbasining yozishicha, Yuran o‘zbekistonlik futbolchining yoshi kichraytirilgani haqidagi asossiz gaplari uchun 250 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan. 

Avvalroq, Yuran «Match Premer» efirida o‘zbekistonlik futbolchining yoshi kichraytirilgani, u aslida 4-5 yosh katta bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

«Bu bir notanish odamning gapi emas. O‘zbekistonda tanishlarim, murabbiylar bor. Biz gaplashib turamiz. Ular, ehtimol, ko‘proq narsani bilishadi. Shu bilan birga ta’kidlashim kerakki, men aniq bir raqam keltirmadim – u 5 yoki 10 yosh katta. Futbol olamida shunday gaplar bor. Ammo 100 foiz deya olmayman», - degandi Yuran.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabr kuni tug‘ilgan. 20 yoshli futbolchi «Spartak»ka o‘tgunga qadar O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar, milliy jamoalari hamda «Navbahor», «Lokomotiv» va «Ufa» klublarida to‘p surgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar