«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Enrike Seten Kataloniya klubi unga haligacha tovon pulini to‘lamagani haqida gapirdi.
«Barselona» haligacha menga tovon pulini to‘lab bergani yo‘q, kutyapmiz», - deya Setenning so‘zlarini keltirmoqda AS.
Avvalroq, Setenning advokatlari «Barselona» klubidan amaldagi shartnoma bekor qilinib, murabbiy iste’foga chiqarilgani uchun 4 million yevro tovon puli talab qilayotagandi.
Ma’lumot uchun, Seten 2020 yilning 13 yanvar kuni Ernesto Valverde o‘rniga «Barselona» bosh murabbiyiga aylangan, Chempionlar ligasida «Bavariya»ga uchralgan 2:8 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin esa iste’foga chiqarilgandi.