O'zbek Ўзбекча
Konte: «Inter» qon hidini olishni va o‘yinni o‘ldirishni o‘rganishi kerak edi. Bunga erishdik»
Dushanba, 18 Yanvar
2413

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte A Cyeriyaning 18-turi doirasida «Yuventus» (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Italiyaning barcha klublari uchun etalon bo‘lgan «Yuventus»dek jamoani mag‘lub etish uchun ajoyib o‘yin namoyish etish kerak. Buni uddaladik. Yigitlar rejani mukammal bajarishdi va ular uchun xursandman. Bunday o‘yinlar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishi, to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni bildirishi kerak.

«Yuventus» ustidan erishilgan g‘alaba muhim yo‘nalish bo‘ldi. 9 yil davomida A Seriyada ustunlik qilgan klub. Hali ham ishonamanki, «Yuve» nafaqat «Inter»dan, balki A Seriyaning istalgan klubidan oldinda. Biz bu farqni kamaytirishga harakat qilyapmiz.

Juda muhim qadam. Chunki biz qon hidini olishni va o‘yinni o‘ldirishni o‘rganishimiz kerak edi. Bu bahs o‘tgan mavsumdagisidan farq qildi, o‘shanda «Yuventus» bizga o‘ynash imkonini bermagan edi. Murabbiylik faoliyatim davomida hech qachon «Yuve»ni yutmagandim. Bu – o‘sish», – deya Kontening so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar