O'zbek Ўзбекча
Gvardiola: «Bir necha hafta avval «Liverpul»dan ortda edik. O‘yindan o‘yinga o‘tish kerak»
Dushanba, 18 Yanvar
3510

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 19-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» (4:0) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bularning barchasi futbolchilarning saviyasi, fidoyiligi tufayli amalga oshdi. So‘nggi ikki mavsumda o‘z uyimizda «Kristal Pelas»ni mag‘lub eta olmagandik. Bugun ajoyib o‘yin namoyish etdik. 

Chorshanba kuni «Aston Villa» bilan to‘qnashuv bor. O‘yindan o‘yinga o‘tish kerak. Bir necha hafta oldin «Liverpul»dan ortda qolayotgandik va keyin g‘alabali seriya qayd etdik. Endi bir necha qadah yaxshi vino ichaman, so‘ng «Aston Villa» haqida o‘ylayman», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi VVS.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» ochkolarini 35taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi va peshqadam «MYU»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda. Lekin «shaharliklar» zaxirasida bir o‘yin bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar