O'zbek Ўзбекча
Silvestr APL haqida: «Bu yil faqat «MYU», «Liverpul» va «Lester» chempionlik uchun kurasha oladi»
Payshanba, 14 Yanvar
3824

«Manchester Yunayted» va «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Mikael Silvestr Premer-liga joriy mavsumida chempionlik uchun kurashadigan jamoalar haqida gapirdi.

«Fikrimcha, APL joriy mavsumida faqat uch klub chempionlik uchun kurasha oladi. Bular - «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Lester».

Bu mavsum boshqalaridan farq qilmoqda. «MYU» bu yilgi chempionatda o‘zini ancha yaxshi his qilayotgani ko‘rinib turibdi. Avvalgidek, to‘rtlik uchun kimnidir ortidan quvayotgani yoki peshqadamlarni uzoqdan kuzatayotgani yo‘q. Endi peshqadamlikni o‘zida saqlab qolish uchun o‘ynaydi.

Mavsumning eng qiyin pallasi uchun ular juda yaxshi o‘rinda borishmoqda», - deydi fransiyalik sobiq futbolchi «Ladbrokes» bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, «MYU» APL 17-turidan keyin 36 ochko bilan 1-o‘rinda, «Liverpul» esa 33 ochko 2-o‘rinda bormoqda. 32 ochkoga ega «Lester» esa 4-o‘rindan joy olgan. 3-o‘rindagi «Manchester Siti» hisobida ham 32 ochko bilan birga yana bir zaxira o‘yini mavjud.

O'xshash yangiliklar