Farg‘onaning «Neftchi» klubi Pro liga yangi mavsumi oldidan tarkibi bilan birga murabbiylar shtabini ham xorijlik murabbiy bilan kuchaytirdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Farg‘ona jamoasi serbiyalik murabbiy Aleksandar Stojmirovich bilan shartnoma imzolagan. U klub bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovga futbolchilarni jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha yordam beradi.
Ma’lumotnoma:
Aleksandar Stojmirovich
Radnisk (U14, U19) - (2013-2015)
Gruza - (2017-2018)
Lokomotiv - (2019 - 2020)
Sloga (2020) jamoalari bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelgan.