O'zbek Ўзбекча
Sulsher «Byornli» bilan o‘yin, Maguayrning hisoblanmagan goli va Pogba haqida gapirdi
Chorshanba, 13 Yanvar
5521

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 1-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga (1:0) qarshi qoldirilgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Juda mamnunman. 3 ochko olsangiz, qoniqasiz. Kurashishimiz kerak edi va buni uddaladik.

Xotirjamlik va bosiqlik o‘yinning kaliti edi. Birinchi yarim soat ichida unchalik yaxshi o‘ynamadik, ammo keyin VAR bizni tetiklashtirdi. 

Maguayrning goli juda zo‘r bo‘ldi va yigitlarning nima uchun g‘azablanishganini tushunaman. Tanaffusda ularni tinchlantirishim kerak edi.  27-daqiqadagi (Shouga sariq kartochka ko‘rsatilgan vaziyat) epizodni ko‘rmadim, ehtimol, hakamlar hammasini to‘g‘ri hal qilishdi. Chunki bosh hakam vaziyatni tomosha qilish uchun ekran oldiga keldi. Bekor qilingan gol esa xato, to‘g‘risini aytsam.

Pogba o‘ziga xos uslubda ajoyib gol urdi. U bugun juda yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi to‘pni kiritganimizda yengilroq bo‘lardi, ammo biz oson yo‘llarni izlamayapmiz. 

Bunday o‘yinlar oldidan o‘zimizni ishonchli his qilib, o‘z yo‘limizda juda yaxshi harakat qilyapmiz. Keyingi bahsda chempion sinovidan o‘tamiz. Bu – aql bovar qilmaydigan holat va biz uchun ajoyib sinov», – deya Sulsherning so‘zlarini keltiradi VVS. 

Ma’lumot uchun, «MYU» ochkolarini 36taga yetkazib, peshqadam bo‘lib oldi. Mankunianliklar keyingi turda 2-o‘rindagi «Liverpul» mehmoni bo‘lishadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar