O'zbek Ўзбекча
Pioli: «Qoniqishdan boshqa ilojim yo‘q, chunki bu 9 kun ichidagi 4-o‘yinimiz edi»
Chorshanba, 13 Yanvar
3039

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Torino» (0:0, penaltilar seriyasi – 5:4) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mamnun bo‘lishdan boshqa ilojim yo‘q, chunki bu 9 kun ichidagi 4-o‘yinimiz edi. Ammo «Milan»ga xarakter yetishmagan kun bo‘lmadi. 

Albatta, 90 daqiqa ichida g‘alaba qozona olmaganimiz achinarli. Lekin shu bilan birga futbolchilarim hamon sifatli o‘yin namoyish etishmoqda. 5ta penaltining hammasidan foydalanish oson emas.

O‘z kuchimizga ishonamiz va o‘yinlar paytida doim ijobiylikni saqlaymiz. Bu o‘z samarasini beradi. O‘yinlar qiyin, shuning uchun ishonch muhim», – deya Piolining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Teglar

O'xshash yangiliklar