Moskvaning «Spartak» klubi yarimhimoyachisi Oston O‘runov «Rubin» klubiga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga javob qaytardi.
«Spartak»ni tark etamanmi? Buni vaqt ko‘rsatadi. «Rubin»? Bu haqda hech narsa eshitganim yo‘q», — deya o‘zbekistonlik yarimhimoyachining so‘zlarini keltirmoqda «Sport Ekspress» nashri.
Ma’lumot uchun, O‘runov joriy mavsumda «Spartak» safida 9 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan. Futbolchining moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar belgilangan.
Avvalroq, 20 yoshli yarimhimoyachiga «Rubin» va «Ufa» klubi qiziqish bildirayotgani, Moskva jamoasi Qozon klubidan O‘runov uchun 6 million yevro so‘ragani haqida xabar qilingandi.